
Varan: "Old Trafford"ga qaytganimdan xursandman"
"Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan Angliya chempionatining 17-turi doirasidagi "Nottingem Forest" bilan kechgan bahsdagi g‘alabaga (3:0) munosabat bildirdi.
"Muxlislar, futbolga qayting! Men ham "Old Trafford"ga qaytganimdan xursandman", - deb yozdi Varan ijtimoiy tarmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Rafael terma jamoasi bilan JChda finalgacha etib bordi va Argentinaga mag‘lub bo‘ldi. Biroq shunga qaramay Varan klub bazasiga tezda etib keldi va mashg‘ulotlarda to‘liq shug‘ullanmoqda. U kechagi uchrashuvda 77-daqiqagacha harakat qildi va Xarri Maguayrga almashtirildi.
Ayni dam "Manchester Yunayted" 29 ochko bilan APL turnir jadvalida 6-o‘rinda bormoqda. "Nottingem" esa 13 ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etgan.
Fikrlar