Vardi Italiyaga ko‘chib o‘tishi mumkin

  • 26.08.2025 09:52
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol

Jeymi Vardiga Italiyaning "Kremoneze" klubi qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Janluka Di Martsio xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, tomonlar dastlabki muzokaralarni o‘tkazishgan. Futbolchi hozirda erkin agent hisoblanadi.

"Lester"ning sobiq hujumchisi A Seriyada o‘ynash imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Unga boshqa bir nechta italyan jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

Ma’lumot uchun, 38 yoshli futbolchi APLning o‘tgan mavsumida 35 ta o‘yinda 9 ta gol urgan va 4 ta golli uzatma bergan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!