Vaskes jarohatidan sog‘aydi
"Real" Madrid klubi yarim himoyachisi Lukas Vaskes jarohatidan asta sog‘ayib jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shilish arafasida turibdi. Bu haqda Football Espana nashri xabar tarqatmoqda.
Eslatib o‘tish lozimki, Vaskes “Ayaks”ga qarshi bo‘lib o‘tgan EChL 1/8 final javob bahsida jarohat olgan edi.
Ma’lumot uchun, “Real” navbatdagi o‘yinini 31 mart kuni La Liga doirasida “Ueska”ga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar