
Vaskes yozda "Real"dan ketadi
"Real" yarim himoyachisi Lukas Vaskes joriy mavsum yakunlangach jamoani tark etadi. Bu haqda Movistar xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi “Qirollik klubi” bilan amaldagi shartnomasini uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmagan. Uning amaldagi kelishuvi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli, u yangi jamoasiga erkin agent sifatida tekinga borib qo‘shilishi mumkin.
Bundan avvalroq, Vaskesga Xitoy klublaridan bir qator takliflar kelib tushgan edi.
Vaskes “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum 13 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoasining 2 ta goliga assistentlik qildi.
Fikrlar