
Vegxorst "Beshiktosh"ga qaytishi mumkin
"Manchester Yunayted"da ijara asosida to‘p tepayotgan Vaut Vegxorstni klub sotib olmaslikka qaror qildi, deya xabar bermoqda "Goal" nashri. U yozda "Byornli"ga qaytadi. Shu bilan birgalikda, hujumchini "Beshiktosh" sotib olishni istamoqda.
Vegxorst mavsumni Turkiya chempionatida boshlagan edi. U "Beshiktosh"da ijarada o‘ynayotgandi. Angliya grandidan kelgan taklifga hech ikkilanmay rozi bo‘lgan 30 yoshli futbolchining MYudagi ishlari yurishmadi. U "qizil iblislar" safida 22 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta assist amalga oshirdi.
"Manchester Yunayted" yozda boshqa hujumchi harid qilmoqchi. Varantlar orasida "Tottenxem" yulduzi Xarri Keyn ham bor.
Fikrlar