Velosportchilarimiz Malayziyadagi musobaqani 4 ta medal bilan yakunladi
Javohir Malikov
Nilay shahrida velotrek bo‘yicha “Asean track series” musobaqasining birinchi bosqichi nihoyasiga yetdi.
Malayziyaning Nilay shahrida velotrek bo‘yicha “Asean track series” musobaqasining birinchi bosqichi nihoyasiga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin va 1 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
Oltin medal:
Sergey Rostovsev (omnium)
Sergey Rostovsev (skretch)
Sergey Rostovsev (elimineyshn)
Bronza medal:
Nafosat Kozieva (elimineyshn)
Endi hamyurtlarimiz 10-11 yanvar kunlari mazkur shaharning o‘zida tashkil qilinadigan 2-bosqichda ham o‘z omadlarini sinab ko‘rishadi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Izohlar (0)