Vensan Kompani: "Messi va Ronaldу fenomenal futbolchilar. Ammo ..."

  • 19.02.2026 23:09
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Bavariya" bosh murabbiyi Vensan Kompani faoliyati davomidagi eng qiyin raqib haqida fikr bildirdi.

Belgiya­lik mutaxassis yosh muxlislar bilan suhbatda Lionel Messi va Krishtianu Ronalduni emas, balki Ronaldinyoni alohida taʼkidladi.

– Messi va Ronaldu fenomenal futbolchilar. Ammo menga oʻyin jihatidan eng katta taassurot qoldirgan futbolchi – Ronaldinyo. Uni bilasiz-a? – dedi Kompani.

Shuningdek, u oʻzining bolalikdagi kumiri haqida ham gapirdi.

– Marsel Desayini bilasizmi? Ehtimol, uning futbol oʻyinida afsona maqomi bordir. U mening kumirim edi. Juda kuchli himoyachi, Fransiya bilan jahon chempionligini qoʻlga kiritgan va meni katta ilhomlantirgan, – dedi belgiya­lik murabbiy.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!