
Verner APL grandlariga rad javobini berdi
"RB Leyptsig" hujumchisi Timo Verner "Liverpul"ga o‘tish istagi sabab "Chelsi" va "Manchester Yunayted" takliflariga rad javobini berdi.
Bild nashriga ko‘ra, bir muddat oldin mankunianliklar va londonliklar futbolchining agenti bilan aloqaga chiqqan, biroq klublar hujumchi bilan muzokaralar boshlash taklifiga ijobiy javob olishmagan.
Joriy mavsumda germaniyalik forvard "RB Leyptsig" libosida 25 o‘yinda maydonga tushib, 21 gol kiritishni uddaladi.
Fikrlar