
"Verona" bir yillik tanaffusdan so‘ng yana A Seriyaga qaytdi
«Verona» kecha A Seriyaga chiqish pley-off javob bahsida «Chittadella»ni 3:0 hisobida engdi va yangi mavsumni kuchlilar safida o‘tkazadigan bo‘ldi. Ta’kidlash kerakki, ushbu jamoalarning dastlabki bahsida 0:2 hisobi qayd etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, “Verona” 2017/18 yilgi mavsumda A Seriyada ishtirok etgan va quyi ligaga ravona bo‘lgan edi. Ushbu jamoa o‘tgan mavsum B Seriyada 6-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, Verona shahrining boshqa bir jamoasi – “Kevo” joriy mavsum yakunlariga ko‘ra B Seriyaga tushib ketgan edi.
Fikrlar