"Verona" futbolchisi "Napoli"ga o‘tadigan bo‘ldi
“Verona” klubi yarim himoyachisi Sofyan Amrabat faoliyatini “Napoli”da davom ettiradi.
Berilgan ma’lumotlarga qaraganda neapolliklar 23 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishishgan. Unga ko‘ra futbolchi “Napoli” bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi. Kelishuvga ko‘ra Amrabata dastlabki 2 mavsumda yiliga 1,8 mln evro maosh oladi. Keyin esa 1,9 milliondan oladi.
Ma’lumot uchun, Amrabet joriy mavsum A Seriyada 16 ta o‘yinda maydonga tushdi.

Fikrlar