Verstappen "Mersedes" bilan uzoq yillik shartnoma imzoladi

  • 25.12.2025 23:19
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Avto/Moto

To‘rt karra jahon chempioni, "Red Bull" haydovchisi Maks Verstappenga tegishli "Verstappen Racing" jamoasi "Mersedes" bilan GT poygalari uchun avtomobillar etkazib berish bo‘yicha ko‘p yillik shartnoma imzoladi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati xabar berdi.

GT World Challenge Europe chempionatining navbatdagi mavsumida jamoa "Mercedes-AMG GT3" avtomobilidan foydalanadi.

"Verstappen Racing" jamoasi "Mercedes-AMG GT3"ni GT World Challenge Europe’da namoyish etishga qaror qilganidan juda xursandmiz. "2 Seas Motorsport" jamoasi tufayli loyihani juda tajribali jamoa qo‘llab-quvvatlamoqda, ular allaqachon avtomobilimiz bilan ko‘plab yutuqlarga va chempionlik unvonlariga erishgan. Shuning uchun biz ushbu o‘ta ambitsiyali va istiqbolli loyihadan, shuningdek, Sprint Cup va Endurance Cup GT World Challenge Europe musobaqalarida yana bir birinchi darajali ishtirokchi paydo bo‘lganidan juda xursandmiz", - deya shartnoma imzolanishiga izoh berdi "Mersedes" vakili Shtefan Vendl.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!