Vertongen yangi mavsumni "Inter"da boshlashga rozi

  • 19.02.2020 20:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Tottenxem" klubi himoyachisi Yan Vertongen yozda "Inter"ga ko‘chib o‘tishi mumkin. Bu haqda Tuttomercato nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra belgiyalik futbolchining agenti “neradzurrilar”ga mijozi Milanga kelishga qarshi emasligini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Vertongenning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u “Inter”ga erkin agent sifatida yo‘l olishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 32 yoshli Vertongen joriy mavsum “Tottenxem” safida 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!