"Vest Xem" o‘zining transfer rekordini yangilashga tayyor

  • 10.09.2020 18:08
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

"Vest Xem" rahbariyati "Byornli" klubi markaziy himoyachisi Jeyms Tarkovskini sotib olishga jiddiy harakat qilmoqda.

Talksport tarqatgan xabarga ko‘ra, “bolg‘achilar” 27 yoshli futbolchini qo‘lga kiritish uchun o‘zlarining transfer rekordlarini yangilashga ham tayyor. “Byornli” ayni damda Tarkovskining transferini 55 mln evroga baholamoqda, “Vest Xem” esa shu kungacha bir futbolchi uchun bu qadar ko‘p pul sarflamagan.

Jeyms Tarkovski o‘tgan mavsum “Byornli” safida jami 40 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 2 ta gol hamda 2 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!