
"Vest Xem" "Real" futbolchisini ko‘zlamoqda
"Real" forvardi Mariano Dias faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.
Daily Mail nashrining yozishicha, 27 yoshli futbolchiga "Vest Xem"dan jiddiy qiziqish bor. "Bolg‘achilar" hozirda “Ayaks”ga ko‘chib o‘tgan hujumchi Sebastyan Aller o‘rniga munosib nomzod qidirmoqda.
Mariano joriy mavsum “Real” safida 7 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Uning transfer narxi 10 mln evroni tashkil etadi.
Fikrlar