
"Vest Xem" ustozi: "Hakamlar bizdan uzr so‘rashi kerak"
"Vest Hem" bosh murabbiyi Devid Moyes kecha "Liverpul"ga qarshi o‘yinni boshqargan hakamlardan norozi bo‘ldi.
Shotlandiyalik mutaxassisning fikricha, uning jamoasi toza penaltidan mahrum bo‘ldi. VAR kecha "Vest Xem"ning golini ham bekor qilgandi. Uchrashuv Kloop shogirdlarining 1:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Eng qiyini VAR tomonidan hurmatsizlikni qabul qilish. Ular bizdan toza penaltini olib tashladi. Monitorda o‘tirgan hakamlar bosh hakamga epizodni borib ko‘ring ham deyishmadi. Hakamlar “Vest Xem”dan uzr so‘rashlari kerak. Angliya premer-ligasida o‘z o‘rnini saqlab qolish uchun bizga ochko kerak", - dedi Moyes matbuot anjumanida.
Fikrlar