VI Islom birdamligi o‘yinlari yakuniga etdi!

VI Islom birdamligi o‘yinlarining bellashuvlari ortda qoldi. Kuni kecha o‘zbekistonlik atletlar 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Kumush:
- Qudratoy Toshpo‘latova (para pauerlifting, og‘ir vazn toifasi)

Bronza:
- Sarvarbek Rahmonberdiev (jiu-jitsu, -62 kg)
- Bekzod Jamilov (para pauerlifting, og‘ir vazn toifasi)

Eslatib o‘tamiz, Riyod-2025 O‘yinlarida O‘zbekiston delegatsiyasi 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Bu haqda MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!