Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Viktor Kumikov: "Markaziy Osiyoning 3 ta mamlakatidan yaxshi takliflar bor. Faqat tanlash qoldi, xolos"

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 1

Rossiyalik murabbiy bilan muloqot.

Yaqinda xabar berganimizdek, o‘zbek muxlislariga yaxshi tanish bo‘lgan rossiyalik Viktor Kumikov “Qaysar” klubi bosh murabbiyligidan ketdi.

So‘nggi uch mavsumni aynan Qozog‘iston chempionatida o‘tkazdi.

Hozirda uyda xordiq chiqarayotgan mutaxassis Sports.uz jurnalistining bir qator savollariga javob berdi.

- Viktor Balyutovich, “Qaysar” klubidagi faoliyatingiz yakunlanganini eshitdik. U erdan ketishingiz sababi nima bilan bog‘liq?

- Klubni yangi egalari keldi. Ularni jamoani kuchaytirish bo‘yicha o‘zlarini qarashlari bor edi. Men shartnomada belgilangan vazifalarni bajardim. Yangi shartnomasi esa menga taklif qilishmadi.

- Ayting-chi, Qozog‘istondagi faoliyatingiz o‘zingiz kutgandek kechdimi?

- Biz mavsum uchun qo‘yilgan vazifani bajardik. Albatta, bizdan yanada ko‘proq narsani kutishgandi. Lekin vaziyat yildan-yilga yomonlashib bordi.

- Keyingi rejalaringiz qanday? O‘zbekistonga qaytishingiz mumkinmi?

- Uchta mamlakatdan takliflar bor. Bir-ikki hafta ichida aniq qarorga kelamiz.

- Sir bo‘lmasa oldingizda qanday takliflar bor?

- Aytganimdek, Markaziy Osiyoning uchta davlatidan taklif bor. Barchasi yaxshi takliflar, faqatgina tanlash qoldi, xolos.

- Ko‘pchilik qozog‘istonlik iqtidor egasi Satpaevni Abduqodir Xusanov bilan solishtirishmoqda. Sizningcha, kim kuchli?

- Bu ikki futbolchini solishtirish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Birinchidan, ular boshqa-boshqa pozitsiyalarda o‘ynashadi. Ikkinchidan, Xusanov ancha tajribali futbolchi. Bir necha yildan beri xorijda o‘ynaydi. Satpaev bo‘lsa hali katta umid uyg‘otayotgan futbolchi hisoblanadi. Faqatgina u Qozog‘istonda o‘ynagan o‘yinchi. Ikkalasiga ham omad tilayman. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q