
Viktor Kumikov qur’a haqida: "Raqibning kim bo‘lishi ahamiyatsiz"
Pro liganing yangi mavsumi uchun ham qur’a tashlandi. Musobaqa favoritlaridan biri sifatida e’tirof etilayotgan “Andijon” ilk turni safarda “Zomin” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Ayni chog‘da Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan andijonliklar bosh murabbiyi Viktor Kumikov qur’a hamda mazkur tayyorgarlik jarayoni xususida o‘z fikrlarini bildirdi.
“Raqibning kim bo‘lishi ahamiyatsiz. Eng avvalo, jamoamiz o‘yinchilarining jismoniy va ruhiy tayyorgarligi joyida bo‘lsa bas. Turkiyadagi yig‘in ham o‘zimiz o‘ylagan reja asosida olib borilmoqda. O‘rtoqlik uchrashuvlarida esa yaxshi va yomon tomonlar yo‘q emas. Eng muhimi, yig‘inni o‘ylagan darajada o‘tkazib olsak bo‘lgani. Qanotlarda muammolarimiz bor. Shularni bartaraf etish ustida ham ishlayapmiz”.
Fikrlar