Villian Italiyaga borishni xohlamayapti

  • 14 mart, 2020, 11:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Yuventus" klubi yozgi transferlar davrida "Chelsi" vingeri Villianni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Tuttosport nashrining yozishicha braziliyalik futbolchi Italiyaga borishni xohlamayapti. U Angliyada qolmoqchi. Villianga tumanli albionda "Arsenal" va "Tottenxem"dan qiziqishlar bor.

Villianning “Chelsi” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi. Shu bois u yangi jamoasiga erkin agent sifatida borib qo‘shilishi mumkin. U joriy mavsum 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va 7 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!