Vinisius Braziliya terma jamoasi lagerini tark etdi

  • 17.11.2023 22:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kolumbiya - Braziliya uchrashuvining birinchi taymida Vinisius jarohat olib, maydonni tark etdi. Bugun futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tdi. 

Ma’lum bo‘lishicha, Vinisius Braziliya terma  jamoasi lagerini tark etib, Madridga qaytib ketdi. Tez orada uning qachon maydonga qaytishi ma’lum bo‘ladi. Insayderlarning xabar berishicha, jarohat jiddiyroq bo‘lib chiqishi mumkin. 

"Real"ning lazaretdagi futbolchilari soni ortib bormoqda. Avvalroq, Kamavinga, Bellingem, Gyuler, Chuameni, Militao va Kurtualar safdan chiqqandi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!