Vinisius hozirgi paytda eng yaxshi holatidadimi?
Madridning "Real" jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa Vinisius Juniornig oʻyini haqida fikr bildirdi.
Shanba kuni u "Real Sosyedad"ga qarshi oʻyinda dubl qayd etdi va chraşuv 4:1 hisobida "qaymoqranglilar"ning gʻalabasi bilan yakunlandi.
Uchrashuvdan soʻng OAV vakillari Arbelоaga Vinisiusning bu oʻyini uning "eng yaxshi versiyasi"mi deb soʻrashdi.
"Menimcha, Vinisius jamoamga qoʻshilgan birinchi kundan beri ajoyib oʻynamoqda. U dunyoning eng yaxshilaridan biri. Biz u juda baxtlimiz.Haqiqatan ham hayratlanarli yigit", — dedi Arbeloa.
Joriy La Liga mavsumida braziliyalik hujumchi 23 ta oʻyinda 8 ta gol va 5 ta assist qayd etgan.
Fikrlar