Vinisius Juniyor: "Oxirgi yil men uchun oson bo‘lmadi"
"Real" vingeri Vinisius Juniyor soʻnggi yil u uchun qiyin kechganini tan oldi.
"Muxlislar futbolchilardan juda koʻp narsa talab qilishadi, men esa doim eng yaxshi holatda boʻlishim kerak.
Oxirgi yil men uchun murakkab oʻtdi, men xohlaganimdek oʻynay olmadi. Lekin eng muhimi — toʻxtab qolmaslik.
Men ham oddiy insonman. Odamlar aytgan gaplar meni xafa qiladi, ammo har ikki yoki uch kunda oʻzimni qaytadan koʻrsatish imkoniyati boʻladi", — dedi Vinisius "TNT Sports" efirida.
Fikrlar