Vinisius Juniyor sog‘lom: u Xorvatiyaga qarshi o‘yinni ehtiyot chorasi sabab o‘tkazib yuborishi mumkin

  • 29.03.2026 11:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Vinisius Juniornig sog‘ligi bilan bog‘liq hech qanday muammo yo‘q va u jarohat olmagan.

Avvalroq, Braziliya milliy terma jamoasi safida Fransiyaga qarshi o‘yinda (1:2) to‘liq 90 daqiqa harakat qilgan vinger jamoa mashg‘ulotlarida maydonda sheriklari bilan birga ishtirok etmagani haqida xabarlar tarqalgan edi.

"COPE" radiosi jurnalisti Migel Anxel Dias ma’lum qilishicha, futbolchining holati yaxshi:

“Vinisius bilan hammasi joyida. Agar u Xorvatiyaga qarshi bahsda ishtirok etmasa, bu faqat ehtiyot chorasi bo‘ladi. U 4 aprel kuni bo‘lib o‘tadigan "Malyorka" – "Real Madrid" o‘yiniga tayyor bo‘ladi.

Shuningdek, uning shartnomasini uzaytirish borasida hozircha yangi uchrashuvlar bo‘lib o‘tmadi", — dedi manba.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!