Vinisius Zhunior terma jamoa mashgʻulotlariga qaytdi

  • 30.03.2026 02:28
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" va Braziliya terma jamoasi a’zosi Vinisius Zunior mashg‘ulotlarga qaytdi va Xorvatiyaga qarshi o‘yinda ishtirok etishga tayyor. Avvalroq Fransiyaga qarshi bahsda (1:2) to‘liq o‘ynagan Vinisius shundan keyingi mashg‘ulotda ishtirok etmagan edi.

Insayder Fabrizio Romano ma’lumotiga ko‘ra, futbolchi yana terma jamoaning umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shildi. Shu tariqa, u 31 martdan 1 aprelega o‘tar kechasi Orlandoda bo‘lib o‘tadigan Xorvatiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 25 yoshli vinger "pentakampionlar" tarkibida 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!