
Vinisius klub prezidentini o‘ldirib qo‘ydi
Futbolchi Vinisius Korsini qotillikda gumon qilinib, Braziliya politsiyasi tomonidan hibsga olingan. Bu haqda "Globo Esporte" nashri xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Vinisius o‘zining sobiq klubi prezidenti Xose Oliveyra bilan kelisha olmay qolgan. Mojaro natijasida futbolchi 58 yoshli prezidentga pichoq bilan bir necha marta zarba berib, jarohat etkazdi. Natijada, "Natsional de Rolandia" prezidenti kasalxonada vafot etdi.
Politsiya jinoyat joyidan qochmoqchi bo‘lgan Korsinini hibsga olishga muvaffaq bo‘ldi.
Fikrlar