Vinisius: "Mbappeni har yozda "qachon kelasan?" deb so'rardim"

  • 16.02.2026 23:17
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Real Madrid" vingeri Vinisius Zhunior jamoaga Kilian Mbappeni taklif qilishga uringani haqida so‘zlab berdi.

"Har yoz unga "Qachon kelasAN?" deb yozardim. Men o‘zimni agentdek tutardim. Huddi shu ishni Jud Bellingem bilan ham qilganman. Men eng kuchli futbolchilar bilan o‘ynashni xohlayman, chunki shunda g‘alaba qozonish imkoniyati oshadi", — dedi Vinisius.

U shuningdek, Mbappe, Eduardo Kamavinga va Ferlan Mendi bilan do‘stona munosabatlari haqida ham fikr bildirdi.

"Biz birga oilalarimizdan ko‘ra ko‘proq vaqt o‘tkazamiz. Shuning uchun munosabatlarimiz yaxshi bo‘lishi shart", — dedi u strimer Ibay Llyanosga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!