Vinisius muddatidan oldin jarohatidan qutildi. U yanvarda maydonga tushishi mumkin!

"Real" futbolchisi Vinisius Junior yanvar oyida maydonga tushishi kutilmoqda. Bu haqda ESPN nashri xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, hujumchi Ispaniya superkubogida ishtirok etishi mumkin. U noyabrda olgan jarohatidan tuzalish jarayonini kutilganidan ham muvaffaqiyatli o‘tkazmoqda. Tibbiyot xodimlari Vinisiusni deyarli sog‘ holatda, deb hisoblamoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya superkubogidan o‘rin olgan bahslar 10-14 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. "Qirollik klubi" yarim finalda "Atletiko"ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!