
Vinisius “Real”dan ketishga qaror qildi, da’vogar – ikki superklub!
“Real”ning asosiy hujumchisi Vinisius Juniorning klubdagi kelajagi hamon mavhum bo‘lib turibdi. Braziliyalik yulduz jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlar ham tarqala boshladi.
El Gol Digital nashri va taniqli jurnalist Fransua Galyardoning ma’lum qilishicha, Vinisius Junior mavsum yakunlanganidan keyin Madridni tark etishga qaror qilgan.
Hozirning o‘zida “Pari Sen-Jermen” va “Manchester Yunayted” qimmatbaho yulduzni o‘z safiga qo‘shib olishga tayyor.
Bundan tashqari, “Qirollik klubi” 24 yoshli yulduzini qo‘yib yubormoqchi emas. Madridliklar Vinisius uchun yangi shartnoma hozirlayapti va klubdagilar futbolchi yangi kelishuvni imzolashiga ishonch bildirmoqda.
Fikrlar