Vinisius “Real”ni tark etadigan bo‘lyapti
Vinisius Juniyor o‘z kelajagi borasida barcha variantlarni ochiq qoldirmoqda va “Real”dan ketish ham ehtimoliy variantlardan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Bu haqida The Touchline nashri xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, madridliklar haligacha futbolchining maosh bo‘yicha talablarini qondirmagan. Shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda.
Braziliyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
Vinisius atrofidagi insonlar u muxlislarning munosabatidan ko‘ngli soviganini ta’kidlayapti. Braziliyalik yulduz ko‘pincha irqiy kamsitishlarga nishon bo‘lyapti.
Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, 25 yoshli Vinisius Juniyorning bozor qiymati 150 million yevroni tashkil qiladi.
Fikrlar