Vinisius va Benzemaning ishonchli o‘yini "Real"ga g‘alaba keltirdi
Evropa chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan "Real" - "Shaxtyor" uchrashuvi yakunlandi. Mazkur bahsda "qaymoqranglilar" 2:1 hisobidagi ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Mazkur bellashuvda Benzema dubl qayd etdi. Uning 2 goliga ham "Qirollik klubi"ning yosh futbolchisi Vinisius assistentlik qildi. Ukraina klubi safida Fernando dos Santos gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Ochkolari sonini 9 taga etkazib olgan Madrid klubi ayni damda "D" guruhida peshqadamlik qilmoqda. "Shaxtyor" esa 1 ochko bilan so‘nggi pog‘onada joylashgan.
Fikrlar