Vincent Keymer: "O‘zimni huddi qariyadek tasavvur qilyapman"
Habaringiz bor, Niderlandiyaning Veyk-an-Zi shahri "Tata Steel Chess Tournament 2026"ga mezbonlik qilmoqda.
Vinsent Keymer beshinchi turda hindistonlik grosmeyster Chithambarni mag‘lubiyatga uchratganidan so‘ng qisqa intervyu berib o‘tdi.
"Ajoyib g‘alabaga erishdingiz va o‘yin haqida qisqacha fikrlaringizni bildirsangiz?
- Ha, haqiqatdan ham ajoyib o‘yin bo‘ldi. Birinchi turdagi g‘alabadan so‘ng 2 ta bahsda juda yomon performans ko‘rsatdim. Shu sababli g‘alaba qozonishim juda muhim edi. O‘yning start qismida anchagina murakkab holatga tushib qoldim, lekin yakunda nimalar sodir bo‘lganini ko‘rdingiz.
14 yoshli Yag‘iz Kan Erdoğmusga qarshi bahsing haqida ham to‘xtalib o‘tsang, u turnirda ishtirok etayotgan eng yosh shaxmatchi bo‘lib turibdi?
- Rostini aytganda, deyarli hamma ishtirokchilar mendan yosh. Ayni damda men o‘zimni huddi qariyadek tasavvur qilyapman. Chunki ularning hammasi yaxshi shaxmatchilar va buni turnir jadvaliga qarab ham tushunib olish qiyin emas.
Fikrlar