Virts bir o‘yinchidan qo‘rqib, boshqa jamoa tanladi

  • 30 may, 08:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Bayer” etakchisi Florian Virts Evropaning bir necha katta klublari o‘rtasida talash bo‘lyapti. 22 yoshli plemeyker bu yoz o‘ziga yangi jamoa tanlashi kerak.

Tecno

Yaqingacha leverkuzenliklar etakchisini olish uchun “Bavariya” favorit sanalayotgan edi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Vensan Kompani bir soat davomida Virts bilan suhbat qilib, unga rejalarini taqdimot orqali tushuntirib bergan.

Biroq belgiyalik mutaxassis uchrashuvdan keyin o‘yinchini hamkorlik qilishga moyilligi yo‘qligini sezganini bildirdi.

Süddeutsche Zeitung nashrining yozishicha, Florian myunxenliklar etakchisi Jamol Musiala bilan raqobatda cho‘chigani uchun “Bavariya”ga qo‘shilishga rozi bo‘lmagan.

Boshqa manbalar Florian Virtsga “Liverpul” varianti ma’qul kelganini yozmoqda. Arne Slot o‘z loyihasida nemis futbolchisiga asosiy rollardan biri bermoqchi ekani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!