
Virts kelajagi bo‘yicha o‘z qarorini murabbiyga aytdi
"Bayer" futbolchisi Florian Virts kelajagi bo‘yicha qisman bir qarorga keldi.
"Bayer" yarim himoyachisi Florian Virtts kelajagini aynan Germaniyada ko‘rmoqda. "Bild" nashrining xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi bosh murabbiy Xabi Alonso bilan suhbatda "Bavariya"ga o‘tish istagini bildirgan. Avvalroq, myunxenliklar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishishga yaqin ekani haqida ma’lumotlar tarqalgandi. Bundan tashqari, bir necha kun oldin germaniyalik xavbekka Madridning "Real" va Manchesterning "Siti" klublari jiddiy qiziqish bildirayotgan edi.
Joriy mavsumda Virtts barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 16 ta gol va 12 ta golli pas muallifi bo‘ldi.
Fikrlar