Virts: "Saloҳ menga "Liverpul"da moslashishimga yordam berdi"

  • 09.03.2026 15:42
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

"Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virts jamoaga moslashish jarayonida Muhammad Saloҳ qanday yordam berganini esladi.

Germaniyalik futbolchi o‘tgan yozda "Bayer"dan 125 million yevro evaziga "qizillar" safiga qo‘shilgan edi. Angliyadagi dastlabki oylar u uchun oson kechmadi: yangi yulduz ko‘p tanqidlarga uchradi va uzoq vaqt samarali harakat bilan ajralib tura olmadi.

"Muhammad Saloҳ doimo menga yordam berishga harakat qildi, men bilan suhbatlashardi. U ham "Liverpul"ga yosh paytida kelgan va katta transfer bo‘lgan. U men o‘zimni erkin his qilishim uchun doim gap boshlashga harakat qilardi", — dedi Virts "Anfield Sector" nashriga bergan intervyusida.

22 yoshli hujumkor yarim himoyachi joriy mavsum "Liverpul" safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!