
Virts uchun kurashga yana bir grand klub qo‘shildi
Florian Virts so‘nggi kunlarda futbol olamidagi eng ko‘p muhokama qilinayotgan nomlardan biriga aylandi. Germaniyaning Kicker va Bild nashrlariga ko‘ra, 22 yoshli nemis futbolchisiga Angliya chempioni — "Liverpul" ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Virts seshanba kuni Angliyada nafaqat "Manchester Siti", balki "Liverpul" vakillari bilan ham uchrashgan. Shu bilan "qizillar" ham yosh iqtidor egasi uchun kurashga qo‘shilgan.
Hozirda Florian Virtsning oldida to‘rt yirik klubdan iborat tanlov bor: "Manchester Siti", "Liverpul", "Bavariya" va "Real".
Avvalroq matbuotda "Bayer" futbolchini sotishdan 150 million evro daromad olishni istayotgani haqida yozilgan edi.
Fikrlar