Visente Iborra faoliyatidagi beshinchi evrokubokni qo‘lga kiritdi

  • 30 may, 2024, 15:47
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Visente Iborra faoliyatida beshinchi marta UEFA turnirida g‘olib chiqdi.

Tecno

Kecha Konferentsiyalar ligasi finalida "Olimpiakos" "Fiorentina"ni mag‘lub etdi (1:0).  

Bungacha ispaniyalik futbolchi "Sevilya" (ketma-ket uch marta – 2014 yildan 2016 yilgacha) va "Vilyarreal" (2021 yil) bilan Evropa ligasida g‘olib chiqqandi.

Iborra 2023 yilning yozidan Gretsiya klubida o‘ynamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!