Vitaliy Levchenko "Neftchi"dagi ilk g‘alabasidan keyin nimalarni aytdi?
Nihoyat, “Neftchi” klubi uzoq kutilgan g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Yangi bosh murabbiy Vitaliy Levchenko boshchiligida farg‘onaliklar ikkinchi davradagi birinchi muvaffaqiyatiga erishishdi.
Bahs yakunida ushbu mutaxassis Sports.uz uchun o‘z fikrini bildirdi.
“Qiyin o‘yin bo‘ldi. Bilasizmi, birinchi bo‘limda penaltidan gol ura olmaganimiz hamda o‘tkazib yuborilgan gol futbolchilarimizni ruhiy tomondan “sindirishi” mumkin edi. Lekin Xudoga shukr, yigitlarimiz yana o‘yinga “qaytdilar” va tanaffusga qadar hisobni 1:1 ko‘rinishiga keltirishdi.
Ikkinchi bo‘limda kerakli ko‘rsatmalarni berdik va jamoamiz yanada kuchli bo‘lib qaytdi. Natijada raqibga bosim o‘tkazdik va shunga asosan ikkinchi golni urishga muvaffaq bo‘ldik. Muhimi, biz g‘alaba qozondik”, - dedi Levchenko.

Fikrlar
КИЛМАСА НЕФТЧИ ХАЛИ ЭСКИ ДАВРИГА КАЙТАДИ ЮРИЙ ВАЗГЕНЕВИЧ ДУОДА БУЛСА ЯХШИ БУЛАДИ НЕФТЧИ ОЛГА БОС ХЕЧ БУЛМАСА ЯНА 3-4 та ЮТУК кейин келаси ЙИЛДА ЧЕМПИОНЛИК УЧУН ХАРАКАТ