Vlaxovichga 4 ta grand klub xaridor
Tuninning "Yuventus" klubi forvardi Dushan Vloxovichning xizmatlariga Premer-liga, La Liga va Bundesliga grandlari qiziqish bildirmoqda.
"La Gazetta dello Sport" nashri bergan ma’lumotlarga qaraganda, serbiyalik hujumchini Kataloniyaning "Barselona", Myunxenning "Bavariya", Madridning "Atletiko" va "Manchester Yunayted" klublari o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurash olib boradi. Vlaxovichning "keksa sinora" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida yakuniga etadi. Uning transfer summasi esa 35 million evroni tashkil etadi.
Ma’lumot uchun, 25 yoshli futbolchi joriy mavsumda barcha musobaqalarda umumiy 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 3 ta gol yozdirib qo‘ygan.



Fikrlar