Voronin: "Humo"da hozircha o‘zbeklar yo‘q, ehtimol keyin qo‘shilishar

  • 13.07.2019 15:57
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Xokkey
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xokkey bo‘yicha O‘zbekistonning "Humo" klubi a’zosi Artyom Voronin xorij nashriga intervyu berdi. Unda hujumchi xujumchi O‘zbekistonning yangi jamoasi "Humo"ga ko‘chib o‘tishi haqida fikr bildirdi.

"Humo" 10 nafar xokkeychini o‘z safiga qo‘shib oldi

- Juda qulay baza, Nijniy Novgoroddan 80 km uzoqda joylashgan. Men Moskvada bir qator kelajak rejalari tuzilganini bilaman, biroq O‘zbekistonga kelishga qaror qildim. Jamoada barchamiz chet ellikmiz, shuning uchun tegishli hujjatlarimizni to‘g‘irlashimiz kerak. Hatto qon topshirishgacha yuramiz. U erda shunday ekan. O‘zbekiston nimadir orqali meni ajablantirishi qiyin deb o‘ylagandim, ammo bunday narsala bor.

O‘zbekiston haqida biron narsa bilarmidim? Deyarli hech narsa bilmasdim. Men o‘zimni bu yo‘nalishda ketishimni hech qachon tasavvur ham qilmagandim. Ammo menda shunday imkoniyat bo‘lganidan hozirda baxtliman. Mamlakat haqida barchasini bilib oldim. Kerakli videolarni ko‘rdim, u erda bo‘lgan odamlar bilan gaplashdim.

Jamoada hozircha o‘zbeklaryo‘q. Ehtimol Toshkentda ular safimizga qo‘shilishar, ularni jamoaga qo‘shilishidan mamnun bo‘lamiz, - dedi Voronin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!