
VXL. Pavel Sinyavskiyning dubli "Humo"ga g‘alaba keltirdi
Toshkentning «Humo» klubi o‘z maydonida Rostov-na-Donuning «Rostov» xokkey jamoasini qabul qildi.
Qiziqarli va tomoshabop tarzda kechgan uchrashuvning birinchi davrida tomonlar har qancha urinishmasin raqib darvozasini ishg‘ol qila olishmadi. Ikkinchi davrning o‘rtalarida Roman Tatalin va Artyom Voroninlarning uzatmasidan so‘ng Pavel Sinyavskiy hisobni ochishga erishdi.
Biroq ikkinchi davr so‘nggida mehmonlar Pavel Sherbakovning uzamtasidan so‘ng Anton Antonov tomonidan kiritilgan shayba evaziga muvozanatni tiklashdi.
Bellashuvning 50-daqiqasiga kelib Sinyavskiy ikkinchi bor raqib darvozasiga yo‘l topishga erishdi. Shu tariqa, Evgeniy Popixin shogirdlari 2 ochkoga ega chiqdi.
Shaybalar: 34:46 Pavel Sinyavskiy (Artyom Voronin, Roman Tatalin)
38:04 Anton Antonov (Pavel Sherbakov),
50:13 Pavel Sinyavskiy (Ivan Bezrukov)
«Humo» tarkibi: 33. Pavel Nechitovskiy, 62. Roman Smiryagin – 7. Aleksey Pepelyaev, 11. Ivan Merejko, 20. Nodir Islomov, 40. Vsevolod Sorokin, 44. Arseniy Eroxin, 65. Roman Tatalin, 73. Sergey Ilin – 13. Artyom Voroshilo, 17. Artyom Voronin, 19. Semyon Valuyskiy, 22. Pavel Sinyavskiy, 38. Evgeniy Grigorenko, 41. Pavel Sedov, 42. Pavel Zdunov, 50. Ivan Yatsenko, 64. Platon Popov, 87. Ivan Bezrukov, 92. Anton Bogatskiy, 93. Denis Mosharov, 94. Viktor Ekk.
Fikrlar