"Warsaw European Open 2026" turniri. Bugun 4 nafar dzyudochimiz tatamiga chiqadi

  • 14.03.2026 11:33
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Dzyudo

Bugun Polsha poytahti Varshava shahrida "European Open" turkumidagi yana bir musobaqa start oladi. 

Unda dunyoning 4 qit’asi 27 davlatidan kelgan jami 320 nafar dzyudochi medallar yo‘lida bahslarga kirishadi. O‘zbekiston erkaklar terma jamoasining 7 nafar vakili ham "Warsaw European Open 2026" turnirida ishtirok etadi. Ilk kungi bellashuvlarda terma jamoamizning to‘rt nafar vakili medallar yo‘lida kurashga kirishadi. 

Saralash bahslari bizning vaqt bilan soat 14:00, final bloki esa 19:30da boshlanadi.

Dzyudochilarimiz uchun qur’a natijalari:

-60 kg: Bahrom Boturov — Xubert Bedrjitski (Polsha)/Sergey Kim (Ukraina)

-60 kg: Muhammadjon Masharipov — Nurdaulet Mirambekov (Qozog‘iston)

-73 kg: Hojiakbar Toshev — Oyhan Tsentenak (Fransiya)/Augis Raulusonis (Litva)

-73 kg: Inoyat Telmanov — Yakub Pek (Polsha) 

-90 kg: Alisher Samanov — David Mexovskiy (Polsha)/Hedar El Ashi (Bolgariya) 

-100 kg: Muhammadali Zoirov — Roman Kabello Amaro (Ispaniya)/Mark Ngayap (Fransiya)

Bu haqida O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!