WBAning iyul oyi uchun yangilangan reytingida o‘zbekistonlik bokschilar qaysi o‘rinlarni band etdi?

  • 1 avgust, 2020, 10:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Mazkur reytingdan bir qator hamyurlarimiz o‘rin olgan. Jumladan,  super o‘rta vaznda (76 kg) Bektemir Meliqo‘ziev o‘tgan oydagi 14-pog‘onadan 15-o‘ringa pastladi.

Super engil vaznda (63.5kg) o‘zgarish bo‘lmadi. Shohjahon Ergashev 7-o‘rinda, Shahram G‘iyosov esa 6-o‘rinda qayd etilgan.

Super yarim o‘rta(69 kg) vaznda Isroil Madrimov 2-o‘rini saqlab qolgan.

 Uning bo‘lajak raqibi Erik Uoker o‘tgan oydagi reytingda "top 15"da ham yo‘q edi. Ammo iyul oyi uchun reytingda 6-o‘rinda paydo bo‘ldi. Endi, reglament bo‘yicha ham ularning jangi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Yarim og‘ir vaznda (79 kg) hamyurtimiz Rustam To‘laganov o‘tgan oydagi kabi 15-pog‘onada qayd etilgan bo‘lsa, Murodjon Ahmadaliev o‘z vaznida WBA va IBF chempioni sifatida qayd etilgan.

Reytingda boshqa o‘zgarishlar sodir bo‘lmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!