
WBC Gran-prisi. Hamyurtimiz qozog‘istonlik bokschiga qarshi jang qiladi
Kecha Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida boks bo‘yicha WBC Gran-prisi start olgan edi.
Musobaqaning ilk kuni yarim engil vazn toifasidagi Ayubxon Baxtiyorov Frantsiya vakili Jamal Xajabni oltinchi raundda texnik nokautga uchratgandi.
Endi hamyurtimiz nimchorak final bosqichida qozog‘istonlik Joldas Jenisov bilan to‘qnash keladi. Jenisov kecha birinchi jangida Ispaniya vakili Elyazid Ezzaydanini ikkinchi raundda nokautga uchratdi. Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Ma’lumot o‘rnida, Gran-pri doirasida nimchorak final bellashuvlari iyun oyida tashkil etiladi.
Fikrlar