"World Women’s Team Championship 2025": Shaxmat tarixida ilk bor O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ushbu nufuzli musoboqada ishtirok etmoqda!

  • 18.11.2025 15:24
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Joriy yilning 17–23 noyabr kunlari Ispaniyaning Linares shahrida shaxmat bo‘yicha "World Women’s Team Championship 2025" xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli musobaqa aylana va nokaut formatida tashkil etilib, unda dunyoning 12 ta mamlakat terma jamoalari ishtirok etadi. E’tiborlisi, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ilk bor ushbu musobaqada qatnashadi.

Musobaqada FIDE, Xitoy, Gruziya, AQSh, Ukraina, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Frantsiya, Ispaniya, O‘zbekiston, Hindiston va Peru shaxmat federatsiyalari jamoalari ishtirok etadi.

Musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi tarkibi:

1. Afruza Xamdamova — ayollar xalqaro grossmeysteri, reytingi: 2403
2. Gulruhbegim Tohirjonova — xalqaro sport ustasi, reytingi: 2369
3. Umida Omonova — ayollar xalqaro sport ustasi, reytingi: 2289
4. Guldona Karimova — ayollar xalqaro sport ustasi, reytingi: 2286
5. Madinabonu Xalilova — ayollar xalqaro sport ustaligiga nomzod, reytingi: 2228
6. Nafisa Muminova — O‘zbekiston ayollar terma jamoasi menejeri, jamoa rahbari.

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!