Asosiy mazmunga oʻtish

Stol tennisi

“WTT Feeder Olomous-2022”. O‘zbekistonlik stol tennischilar juftlik bahslarida asosiy davraga yo‘l oldi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Vakillarimiz xalqaro turnirda munosib ishtirok etmoqda.

Chexiyada stol tennisi bo‘yicha “WTT Feeder Olomous-2022” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda ishtirok etgan qizlarimiz Marhabo Magdieva hamda Rozalina Xojaeva juftlikda eronlik, mikstda Zohid Kenjaev va Rozalina Xojaeva slovakiyalik raqibalarini mag‘lub etib, bugun start oladigan asosiy davraga yo‘l olishdi. Afsuski, yakkalik bosqichida hamyurtlarimiz imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ayollar, juftlik (1/16 final): M.Magdieva / R.Xojaeva – R.Goi / S.Vong (Singapur)
Mikst (1/16 final): Z.Kenjaev / R.Xojaeva – V.Levayach / I.Lupulesku (Serbiya).

MOQ matbuot xizmati

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q