Xabi Alonso Angliya grandini boshqarishga tayyor
Murabbiylik faoliyatida Leverkuzenning “Bayer” va Madridning “Real” kabi mashhur jamoalarini boshqargan Xabi Alonso uzoq vaqt ishsiz qolmaydigan ko‘rinadi.
Yaqinda “Real” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan ispaniyalik mutaxassisni bir necha klub ishga taklif qilayotgani haqida xabarlar tobora ko‘payib bormoqda.
Indykaila News nashrining yozishicha, Xabi Alonso Angliyaning amaldagi chempioni “Liverpul”ni boshqarishga tayyor.
Alonso bu borada o‘z imkoniyatlariga tayangan holda klubda hozir mavjud futbolchilardan foydalangan holda “Liverpul”da jahon darajasidagi kuchli jamoa tuzishga qodir ekaniga ishonadi.
Ayni paytda “Liverpul”ni boshqarayotgan Arne Slotning klubdagi kelajagi mavhum bo‘lib turibdi. Mersisaydliklar bilan debut mavsumidayoq Angliya Premier-ligasi g‘olibligiga erishgan mutaxassis yangi chempionatda chempionlik unvonini munosib himoya qila olmadi.
Fikrlar