Xabi Alonso: "Barselona" vakillarining gaplarini tahlil qila olmayman"

  • 25 oktabr, 18:33
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso "Barselona" vingeri Lamin Yamalning so‘zlariga munosabat bildirdi.

Tecno

"Men batafsil izoh bermayman, chunki "Barselona" vakillarining juda ko‘p bayonotlari bor, ularning hammasini tahlil qila olmayman", — dedi Xabi Alonso.

Avvalroq Yamal "Kings League" strimida ishtirok etgan edi. U erda Ibay Lyanos ("Porsinos" klubi egasi) — futbolchidan so‘radi: "Senga "Porsinos" "Real Madrid"ni eslatmaydimi?"

Shunda Yamal shunday javob bergan: "Ha, albatta. Ular doim o‘g‘irliklar qiladi va shikoyat qiladi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!