Xabi Alonso besh nafar markaziy himoyachidan voz kechdi
“Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar kamida besh nafar markaziy himoyachini jamoadan ketkazishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.
“Kristal Pэlas”dan 52 million funt evaziga sotib olingan Maksans Lakrua “Chelsi” asosiy jamoasidagi o'ninchi markaziy himoyachiga aylandi.
Lakruadan tashqari, bu pozitsiyada Levi Koluill, Trevo Chaloba, Aaron Anselmino, Aksel Disasi, Benoa Badiashile, Vesli Fofana, Tosin Adarabiyo, Josh Achimpong va Mamadu Sarr ham bor.
Kelasi mavsumda “Chelsi” evrokuboklarda ishtirok etmasligi sababli, Alonso bunchalik ko'p markaziy himoyachiga ehtiyoj yo'qligini ta'kidladi.
- Bizga nechta markaziy himoyachi kerak? To'rt yoki besh nafar. Umid qilamanki, fikrimni yetarlicha aniq ifoda etdim, - dedi Xabi Alonso.

Fikrlar