Xabi Alonso: “Bu g‘alaba biz uchun juda muhim — aql bilan o‘ynadik”

  • 23 iyun, 12:27
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" bosh murabbiyi Xabi Alonso Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida "Pachuka" ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi birinchi rasmiy g‘alabasi haqida fikr bildirdi:

Tecno

"Juda muhim g‘alaba. Bu natijani qadrlaymiz, chunki u qiyin sharoitda qo‘lga kiritildi. Deyarli butun o‘yinni bir kishi kam o‘tkazdik — bu oson emas. Ammo jamoa juda aql bilan o‘ynadi, bundan mamnunman.

Qizil kartochka — afsusli holat. Bu xatolik butun o‘yinga ta’sir ko‘rsatdi. Undan keyin taktik yondashuvni o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi. Bunday vaziyatlar dars bo‘lishi kerak. Yaxshisi — birinchi bo‘lib gol o‘tkazgan ma’qul, lekin butun o‘yinni o‘n kishi bilan o‘tkazmaslik kerak. Raul Asensio bilan bu haqda suhbatlashamiz.

Qolgan jihatlar menga yoqdi" - deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi ispaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!