Xabi Alonso “Chelsi”ni qutqaradigan futbolchi tanladi

  • 26.05.2026 08:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Chelsi” bosh murabbiyi Xabi Alonso yangi klubida chap qanot himoyachisi Alehandro Grimaldo bilan yana birga ishlashni xohlamoqda.

Jurnalist Pedru Almeidaning xabar berishicha, ispaniyalik mutaxassis “Bayer” yulduzini “aristokratlar” safiga olib kelishdan mamnun bo‘lardi.

Ma’lumki, yaqinlashib kelayotgan yozda Grimaldoni arzonroq narxda sotib olish imkoniyati paydo bo‘ladi, chunki uning “farmatsevtlar” bilan shartnomasi yakunlanishiga bir yil qolgan.

Xabi Alonso 2023–2025 yillar oralig‘ida “Bayer”da Grimaldo bilan birga ishlagan. Transfermarkt portali 30 yoshli futbolchining bozor qiymatini 24 million yevro deb baholamoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!